Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ted Kruz debat vaqtida Donald Trampga taqlid qilib, uni masxaraladi
AQSh prezidentligi uchun Respublikachilar partiyasidan nomzod sanalgan Ted Kruz debatlardan birida boshqa bir nomzod milliarder Donald Trampning hatti-harakatlariga taqlid qilib chiqdi. Mazkur debat Fox News telekanalida to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatildi.
Kruz biroz jim qoldi va shundan so‘ng: «Men jinniman. Bu minbardagi hamma pastkash, semiz va badbasharadir. Ben ham — siz dahshatli jarrohsiz (Karson — yana bir nomzod, neyroxirurg. — «Kun. Uz»). Endi Donald Trampni bir chetda qoldiramiz», deya gapirib o‘tdi.
Debat auditoriyasi va moderatorlariga nomzodning bunday chiqishi ma'qul tushgan. Tramp Tvitter foydalanuvchilari uning qatnashishi uchun ovoz berishganiga qaramay, debatda ishtirok etishdan bosh tortgandi.