Jahon | 19:02 / 30.01.2016
2947
1 daqiqa o‘qiladi

Chegarasiz shifokorlar: Madayada 16 kishi ochlikdan halok bo‘ldi

Suriyaning qamal ostidagi Madaya shahrida, gumanitar yordam yetib kelganiga qaramay, 16 kishi ochdan o‘lgan, yana 33 kishi og‘ir ahvolda. Bu haqda “Chegarasiz shifokorlar” xalqaro tashkiloti xabar berdi.

Aytilishicha, shaharda 320 kishi ovqatsizlikdan aziyat chekayotgani ma'lum bo‘lgan, shulardan 33 nafari juda og‘ir ahvolda. Shahar prezident Bashar Asad qo‘shinlari bilan ittifoqdagi guruhlar tomonidan qamal qilinmoqda.

Tashkilotning hisob-kitoblariga qaraganda, qamal ostidagi shaharlarda butun mamlakat bo‘yicha jami 1.5-2 mln kishi aziyat chekmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish