Jahon | 19:05 / 30.01.2016
2752
1 daqiqa o‘qiladi

Efiopiyada Afrika kengashi sammiti boshlandi

Efiopiya poytaxti Addis-Abebada Afrika kengashining ikki kunlik 26- sammiti ish boshladi. Uning rasmiy mavzusi: “2016: ayollar huquqiga tayangan inson huquqlari Afrika yili”. Bu haqda TASS habar qilmoqda.

Biroq tahlilchilarning fikricha, asosiy e'tibor qit'adagi xavfsizlik masalasiga bag‘ishlanadi.

Afrika kengashi – xalqaro hukumatlararo tashkilot bo‘lib, unga Afrikaning 54 mamlakati a'zo bo‘lgan. Tashkilot 2002 yilning 9 iyulida Afrika birligi tashkiloti (ABT) asosida tashkil etilgan. Afrika kengashi Assambleyasida yarim yilda bir marta tashkilot vakolatiga kiruvchi muhim qarorlar qabul qilinadi. Kengash kotibiyati va Komissiyasi Efiopiya poytaxti Addis-Abebada joylashgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish