Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sport | 10:46 / 30.01.2016
2912
1 daqiqa o‘qiladi
Futbol bo‘yicha Chili terma jamoasining yangi murabbiyi Xuan Antonio Pitstsi bo‘ldi
Futbol bo‘yicha Chili terma jamoasining yangi murabbiyi etib 47 yoshli ispaniyalik mutaxassis Xuan Antonio Pitstsi tayinlandi. Bu haqda mamlakat futbol federatsiyasining rasmiy sayti xabar qildi.
U jamoani 2018 yilgi Jahon Chempionati, shuningdek, 2017 yilgi Konfederatsiyalar Kubogining saralash o‘yinlariga tayyorlaydi. Pitstsining oxirgi ish o‘rni Meksikaning “Leon” jamoasi bo‘lgan edi. Chili terma jamoasida u Xorxe Sampaolining o‘rnini egalladi.