Jahon | 15:47 / 30.01.2016
10363
1 daqiqa o‘qiladi

Saudiya shahzodasi Trampga uchinchi marta yordam beradimi?

Saudiya Arabistoni shahzodasi al-Valad bin Talal Twitter orqali olib borgan yozishma chog‘ida amerikalik milliarder, respublikachilar partiyasidan AQSh prezidentligiga nomzod Donald Trampga yordami tegishi mumkinligini aytdi.

Al-Valad Kingdom Holding kompaniyasi asoschisi hamda Citigroup’ning eng yirik aksiyadoridir.

“Men senga ikki marta yordam qo‘lini cho‘zganman, aftidan, uchinchi martasi ham kerak bo‘ladi”, - dedi u amerikalik siyosatchiga. Aytilishicha, 1991 yili Trampning 900 mln dollarlik qarzi evaziga uning yaxtasi kreditorlar qo‘liga o‘tganida, shahzoda unga yaxtani sotib olib bergan.

Trampning musulmonlar haqidagi provokatsion chiqishlaridan so‘ng shahzoda unga qo‘ng‘iroq qilib, prezidentlik poygasidan chiqib ketishga chaqirdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish