17:09 / 01.02.2016
4290

Kremldagilar Su-34 samolyoti Turkiya havo hududiga kirmaganini iddao qilishmoqda

Kremlda rus samolyotining Turkiya havo kengliklari chegarasiini buzmagan deb hisoblashmoqda. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov RIA «Novosti»ga bergan intervyusida ma'lum qilgan.

«Biz bari bir Mudofaa vazirligimiz bergan ma'lumotga tayanib axborot beramiz. Men Rossiya Mudofaa vazirligi rus samolyotlaridan birining Turkiya havo chegaralarini kesib o‘tgani haqida ma'lumotni rad etganini eslatib o‘tmoqchiman. Biz aynan shu ma'lumotga tayanamiz», — dedi Peskov.

Eslatib o‘tamiz, Turkiya Tashqi ishlar vazirligi o‘tgan hafta juma Rossiyaning Su-34 samolyoti Turkiya havo chegaralarini buzgani haqida xabar bergandi. Xuddi shunday bayonot bilan NATO Bosh kotibi Yyens Stoltenberg ham chiqqan. Rossiya Mudofaa vazirligi esa Turkiya TIV bergan bayonotni safsata deb atagandi.

Top