19:34 / 02.02.2016
3919

Afg‘oniston IShIDga qarshi xalqaro koalitsiyaga qo‘shildi

Afg‘oniston IShID jangarilariga qarshi kurash olib boruvchi xalqaro koalitsiyaga qo‘shildi. Bu haqda AQSh davlat kotibi Jon Kerri ma'lum qilgan. Bu haqda Gulf News xabar tarqatgan.

U koalitsiyaning boshqa a'zolarini terrorchilikka qarshi harakatlarini muvofiqlashtirish hamda faollashtirishga chaqirgan.

Shu tariqa Afg‘oniston bu xalqaro koalitsiyaning 66-a'zosi bo‘ldi.

Bundan oldinroq, AQSh IShIDga qarshi kurashish uchun qo‘shimcha ravishda 101- havo-desant diviziyasini jo‘natishi haqida xabar berilgandi.

Top