Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 15:28 / 02.02.2016
3270
1 daqiqa o‘qiladi
Qirg‘iziston fuqarosi Rossiya va Qozog‘iston chegarasida 25 kg geroin bilan qo‘lga olindi
Qo‘rg‘on va Tyumen viloyatlari bo‘yicha Rossiya Federal xavfsizlik xizmati Chegara boshqarmasi xodimlari “Petuxovo” o‘tkazish punktida Qozog‘istondan avtomashinada 25.6 kg geroin olib kelayotgan Qirg‘iziston fuqarosini qo‘lga oldi. Bu haqda federal xizmatning jamoatchilik bilan aloqalar markazi xabar bermoqda.
Haydovchi va aniqlangan giyohvand modda Qo‘rg‘on viloyat boshqarmasiga topshirilgan. Voqea yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.