09:47 / 03.02.2016
4022

Rossiyalik qo‘shiqchi Timati layklar uchun 50 ming dollar berishi haqidagi xabarni soxta deb atadi

Timati taxallusi bilan ma'lum bo‘lgan rossiyalik qo‘shiqchi Timur Yunusov go‘yoki instagramdagi foydalanuvchiga 50 ming dollar berishi haqida chop etilgan yozishmani soxta deb atadi.

Qo‘shiqchi bu haqda instagramdagi sahifasida yozdi.

Avvalroq Timati o‘zining instagramdagi obunachisiga agar u fotosurati ostida 100 mingta layk yig‘a olsa, 50 ming dollar sovg‘a qilishi ma'lum qilingandi.

"Yaxshi urinish, biroq bu yozishmaning soxtaligi tanishuv uchun eng yaxshi usul deb hisoblamayman", deb aytdi Timati.

Shu bilan birga Timati o‘z obunachisining biznes-rejasini o‘rganib chiqishni istashini va shu maqsadda unga o‘zining elektron pochtasi manzilini yuborganini aytdi.

Top