Jahon | 18:26 / 03.02.2016
3926
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiya hududida AQShga tegishli uchuvchisiz uchish qurilmasi qulashi texnik nosozlik tufayli ro‘y bergan

Bugun kunning ikkinchi yarmida Turkiyaning Yuregir viloyati hududida amerikaliklar droni (uchuvchisiz uchish qurilmasi) halokatga uchrashi texnik nosozlik tufayli ro‘y bergan. Bu haqda mahalliy nashrlarga asoslangan holda Hurriyet xabar bergan.

"Dastlabki tekshiruvlarga ko‘ra, bu halokat sababi texnik nosozlik bo‘lgan", deya bayonot bergan hudud rasmiylari.

Qayd etilishicha, ayni vaqtda bu hodisani tekshirish ishlari davom etmoqda.

OAV: Turkiyada amerikaliklarning droni qulab tushdi

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish