17:22 / 05.02.2016
2646

Turkmanneft: 2015 yilda 5 million 314 ming 547 tonna neft qazib olindi

O‘tgan yilda “Turkmanneft” Davlat konserni 5 million 314 ming 547 tonna neft qazib olib, rejalashtirilgandan ko‘proq natija qayd etdi.

«Goturdepe» neft qazib olish boshqarmasi 2 million 168 ming tonna “qora oltin” qazib olgan holda davlat konsernining rekordchisiga aylandi. Turkmaniston axborot agentligi ma'lumotiga ko‘ra, sohaga innovatsion texnologiyalar, zamonaviy ilmiy ishlanmalarning jalb etilishi xom ashyo qazib olish hajmining ortishiga xizmat qilgan.

2015 yilning o‘zida Goturdepeda 30ta tarofidagi samarador yangi quduqlar foydalanishga topshirildi. Olib borilgan ishlar natijasida 630 ming tonna neft qo‘shimcha ravishda qazib olindi, deyiladi xabarda.

Top