22:36 / 06.02.2016
2792

Hindistonda sement tashuvchi mashinaning avtobus bilan to‘qnashishi oqibatida 13 kishi halok bo‘ldi

Hindistonning Tamiland shtatida sement tashuvchi mashina yo‘lovchi avtobusi bilan to‘qnashishi oqibatida kamida 13 kishi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda mahalliy politsiyaga iqtibos keltirgan holda The Indian Express nashri.

Politsiya ma'lumotlariga ko‘ra, yo‘l-transport hodisasi mahalliy vaqt bilan 17.00 larda yuz bergan. Tsement tashuvchi mashina haydovchisi boshqaruvni qo‘ldan chiqarib, avtobusga urilgan. Buning natijasida avtobus to‘ntarilib ketgan.

Shuningdek, 30 kishi jarohatlangan. Politsiyada ta'kidlanishicha, qurbonlar soni oshishi mumkin, chunki jarohatlanganlardan ba'zilarining ahvoli o‘ta og‘ir deya baholanmoqda.

Top