22:48 / 06.02.2016
2748

Tayvandagi zilzila qurbonlari soni 14 kishiga yetdi

6 fevralda Tayvanda yuz bergan kuchli zilzila qurbonlari soni 14 kishiga yetdi, 484 kishi shifoxonaga yetkazilgan. Bu haqda orolning qutqaruv xizmatlari ma'lum qildi.

Fojia hududida 150 dan ortiq kishi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda. Qidiruv operatsiyasi tuni bilan ham davom etishi e'lon qilindi.

6,4 magnitudali zilzila mahalliy vaqt bilan soat 03:57 da (Toshkent vaqti bilan 00:57 da) yuz bergan. Tayvan seysmologlari ma'lumotlariga ko‘ra, zilzila markazi orolning janubi-g‘arbiy qismidagi Pindun uyezdidan 27 km uzoqlikda, o‘chog‘i esa 6,4 km chuqurlikda bo‘lgan.

Tabiiy fojia orolning Taynan munitsipalitetidagi bir necha yirik binolarga jiddiy shikast yetkazgan. Xususan, 8 ta bino to‘liq, 5 tasi yarmiga vayron bo‘lgan. Bu binolar orasida 16 qavatli bino ham bo‘lib, uning vayronalari ostidan 12 kishi jasadi topilgan.

Zilzila elektr ta'minot bilan uzilishlar keltirib chiqargan, biroq oroldagi uchta atom elektrostansiyasining ishini izdan chiqarmagan.

Top