Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zidan: Neymarning fintlari ba'zi jamoalarga yoqmasligining hayron qoladigan joyi yo‘q
Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Zayniddin Zidan «Barselona» hujumchisi Neymar o‘yinlar vaqtida juda ko‘p fint ishlatishni yoqtirishiga o‘z munosabatini bildirib o‘tdi.
«Men Neymar haqida ko‘p gapira olmayman. U futbolni yaxshi o‘ynaydi, qaysidir futbolchi uning bu harakatini yoqtirishi, qaysidiri esa undan nafratlanishi mumkin. Bu normal holat. Uning fintlari ba'zi jamoalarga yoqmasligidan hayron bo‘lish kerakmas. Ammo tan olish kerakki, u futboldagi maftunkor shoumen.
Muxlislarga shunday futbolchilar ko‘proq ma'qul bo‘ladi», deydi Zidan.