19:00 / 08.02.2016
2504

Bishkekda boks bo‘yicha o‘tkazilgan xalqaro turnirda O‘zbekiston vakillari 4ta medal oldi

2-7 fevral kunlari Bishkek shahrida bo‘lib o‘tgan xalqaro turnirda o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustalari munosib ishtirok etib, 1ta oltin, 2ta kumush va 1ta bronza medalini qo‘lga kiritishdi.

O‘zbekiston terma jamoasi hisobiga oltin medalni Isroil Madrimov (-75 kg) keltirgan bo‘lsa, Sardor Muzaffarov (-56 kg) va Ulug‘bek Mubinov (+91 kg) finalga qadar kechgan janglarni mag‘lubiyatsiz o‘tkazib, kumush medal sovrindori bo‘ldi. Termaning yana bir vakilii Jasurbek Latipov (-52 kg) bronza medali bilan taqdirlandi.

Top