08:24 / 08.02.2016
3510

Eron sanksiyalardan ko‘rilgan zarar uchun Peugeot kompaniyasidan 427 mln yevro tovon puli oladi

Eronning Iran Khodro kompaniyasi Fransiyaning PSA Peugeot Citroën avtomobilsozlik kompaniyasidan Eronga nisbatan sanksiyalar amal qilgan vaqtdagi ko‘rilgan zarar uchun tovon puli sifatida 427 mln yevro oladi, deb xabar bermoqda Lexpress nashri.

Bu haqda Iran Khodro rahbari Hoshim Yakezare ma'lum qildi.

Eron kompaniyasi 80 mln yevrolik qarzdan ozod qilinadi, katta chegirmalar va 25 mln yevrolik ehtiyot qismlar ham oladi.

Peugeot vakili bu xabarga izoh berishdan bosh tortdi va kompaniyalar o‘rtasidagi kelishuv "ikki tomon uchun maqbul bo‘lganini" aytdi.

Avvalroq Peugeot Citroën va Iran Khodro kompaniyalari Eronda avtomobillar ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma korxona yaratish haqidagi kelishuvni imzolagani ma'lum qilingandi. Bu kelishuv Eron prezidentining Parijga safari vaqtida imzolangan. 

Tehronda joylashadigan bu qo‘shma korxonaning ilk avtomobillari 2017 yilning ikkinchi yarmida konveyerdan chiqishi kutilmoqda.

Top