Futzal. Osiyo chempionatidagi ilk o‘yinida O‘zbekiston Saudiya Arabistonini mag‘lub etdi
Toshkent shahrida davom etayotgan futzal bo‘yicha Osiyo chempionatining guruh bosqich 1-turidan o‘rin olgan O‘zbekiston hamda Saudiya Arabistoni terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda mezbonlar 5:2 hisobida g‘alaba qozonishdi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi musobaqaning "A" guruhida Livan, Qirg‘iziston hamda Saudiya Arabistoni terma jamoalari bilan pley-off yo‘llanmasi uchun kurash olib bormoqda.
Osiyo chempionatida dastlabki beshta o‘rinni band etgan jamoalar shu yilning 10 sentabridan 1 oktabriga qadar Kolumbiyada o‘tadigan Jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi.
Futzal, Osiyo chempionati. 1-tur
O‘zbekiston - Saudiya Arabistoni - 5:2
Gollar: Choriyev (17), Sharipov (25), Choriyev (26), Yunusov (30), Sviridov (33) - Sufiyoniy 24, Juma, 26
O‘zbekiston: Rustam Umarov, Dilshod Rahmatov, Farhod Abdumavlonov, Artur Yunusov, Konstantin Sviridov
Zaxira: Dilshod Irsaliyev, Nodir Eliboyev, Feruz Fahriddinov, Davron Choriyev, Javlon Anorov, Andrey Shlema, Jamoliddin Sharipov, Akmal Hazratqulov, Klim Tyugayev
Saudiya Arabistoni: Tala Solih, Aroan Navaf, Moat Muhammad, Farez Fahad, Issam Atiah
Zaxira: Asad Nosir, Said Muborak, Aliyosin Alkudisi, Yahyo Ali, Javhar Zafer, Dalbu Yazid, Faysal Sulton, Yeihab Nosir.