13:23 / 10.02.2016
12177

Lavrov: Turkiya va IShID yashirin muzokaralar olib bormoqda

Turkiya va IShID o‘zaro yashirin muzokaralar olib borib, kontrabanda yetkazmalarining yangi variantlarini qidirmoqda. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov “Moskvoskiy komsomolets” gazetasiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

“Bizni bu borada doimiy ravishda yashirin kanallar yoki oshkor yetib kelayotgan xabarlar tashvishga solmoqda. Ularga ko‘ra, Turkiya chodirli uylar qurish bahonasida Suriyaning bir qismini o‘zlashtirib olishni rejalashtirmoqda yoki hatto bu ishni boshlagan ham. Ular qochqinlar Turkiya chegarasini bosib o‘tishga yo‘l qo‘ymoqchi emas, chunki u yerdagi boshpanalar go‘yoki to‘lib bo‘lgan”, - qo‘shimcha qildi amaldor.

Top