17:14 / 11.02.2016
1908

O‘zbekiston TIVda Iordaniya elchisi bilan o‘zaro munosabatlarning holati ko‘rib chiqildi

2016 yilning 11 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Iordaniya Hoshimiylar Podshohligining favqulodda va muxtor elchisi Solih Ahmad al-Javarneh bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar bergan.

Suhbat davomida siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi ikki tomonlama munosabatlarning holati ko‘rib chiqildi.

Muloqot davomida turli sohalarda aloqalarni rivojlantirish hamda hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy asosini mustahkamlash har ikki mamlakat manfaatlariga mos kelishi ta'kidlandi.

Top