17:44 / 12.02.2016
3733

Gulistonda harbiylarga yangi uylar topshirildi

Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati chegara qo‘shinlarining bir guruh harbiy xizmatchilari oilasiga yangi uylarning kalitlari topshirildi.

Binoning birinchi qavati harbiy sanitariya qismi, ikkinchi qavati ma'muriy idoralar, uchinchi va to‘rtinchi qavati turar joylar uchun mo‘ljallangan. Mazkur shinam xonadonlarga 24 oila ko‘chib o‘tdi.

Ikki va uch xonadan iborat ko‘p qavatli uy atrofida bolalar maydonchasi, mini stadion va avtomobillar uchun maxsus joy barpo etilgan.

Top