09:11 / 15.02.2016
4383

Suares primero to‘purarlari ro‘yxatida Ronalduni ortda qoldirib, birinchi o‘ringa chiqdi

"Barselona" jamoasining urugvaylik hujumchisi Luis Suares "Selta"ga qarshi 6:1 hisobidagi g‘alaba qayd etilgan uchrashuvda navbatdagi xet-trigini qayd etdi.

Uning 59, 75 va 81-daqiqalarda urgan gollari primeroning joriy mavsumda urgan 21, 22 va 23-gollari bo‘ldi.

Shuningdek, 29 yoshli bu futbolchi jamoaning oxirgi 7 uchrashuvida 13ta gol urdi.

Ayni vaqtda primero to‘purarlari ro‘yxatida Suares 23ta goli bilan 21ta golga ega Krishtianu Ronalduni ortda qoldirmoqda.

Top