16:35 / 16.02.2016
3074

O‘zDJTUda o‘tkazilgan navoiyxonlik kechasiga 8 davlatning elchilari tashrif buyurdi

16 fevral kuni O‘zbekiston xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik va madaniy-ma'rifiy aloqalar jamiyatlari kengashi, O‘zbekiston-Iordaniya do‘stlik jamiyati, O‘zbekicton davlat jahon tillari universiteti hamkorligida “Alisher Navoiy - sharqning buyuk shoiri, mutafakkur, davlat arbobi“ nomli tadbir o‘tkazildi.

 

Unda “UNESCO“ning O‘zbekistondagi vakili, Afg‘oniston, Qozog‘iston, Misr, Ummon, Tojikiston, Iordaniya, Turkmaniston, Qirg‘iziston davlatlarining favqulodda va muxtor elchilari ishtirok yetdi.

Tadbir davomida Navoiyning ijodi haqida ilmiy ish yoqlagan olimlar so‘zga chiqdi va talabalar Navoiy g‘azallarini kichik sahna ko‘rinish orqali o‘zbek, arab, xitoy, ingliz, fransuz, rus, ispan, tillarda o‘qib berishdi.

Muallif: Mirjahon Yusupov, O‘zDJTU talabasi

Top