16:24 / 17.02.2016
2178

Pekinda Janubiy Xitoy dengizi hududiga xitoyliklarning raketa majmualari joylashtirilgani haqidagi xabar rad qilindi

Xitoy Xalq respublikasi tashqi ishlar vaziri Van I Janubiy Xitoy dengizidagi bahsli hududda barpo qilingan sun'iy orollardan biriga xitoyliklarning "yer-havo" tipidagi raketa majmualari joylashtirilgani haqidagi xabarni rad qildi.

Uning aytishicha, bu G‘arbdagi OAV o‘ylab topgan uydirma.

Xitoylik vazir Xitoy tomonidan hududda kemalar uchun mayoqlar o‘rnatilayotganiga ko‘proq e'tibor qaratishga chaqirgan.

Bundan oldinroq, Fox News nashri orqali Xitoy Janubiy Xitoy dengizidagi Vudi orolida har biri 8 ZRK (zenit raketa majmuasi) ga ega, kamida 2ta batareya o‘rnatgani haqida xabar berilgandi.

XXR raketa majmualari Janubiy Xitoy dengizining bahsli orollarida paydo bo‘ldi

Tayvan prezidenti Janubiy Xitoy dengizidagi vaziyat jiddiylashganini ma'lum qildi

Top