17:26 / 19.02.2016
6041

Berlin metrosida jihozlangan yotoqxona topildi

BVG Berlin transport kompaniyasi fevral oyi o‘rtalarida poytaxt metrosining foydalanilmaydigan tunnelida krovat, kreslo, televizor va tuvakda guli bor xona topib oldi.

Kompaniya xodimlarining so‘zlariga ko‘ra, bu krovatda anchadan buyon hech kim yotmagan, lekin noma'lum shaxslar gullarni doim sug‘orib turishgan.

Bu xonani kimlar va nima uchun tashkil etishgani hali noma'lum.

2004 yili politsiya Parij katakombalari (Parijdagi sun'iy yer osti tunnel va g‘orlar) da shahar elektrotizimiga noqonuniy ulangan maxfiy kinoteatr topgan edi.

Top