Futzal bo‘yicha Osiyo chempionati finalida O‘zbekiston Eronga qarshi o‘ynaydi
Futzal bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo chempionatining finalida Eron bilan bahs olib boradigan bo‘ldi.
Forslar yarim finalda Vetnamni yirik hisobda mag‘lub etdi. Eronning 13ta goliga vetnamliklar bor-yo‘g‘i 1 marta javob qaytara olishdi.
Bronza medali uchun esa Vetnam va Tailand terma jamoalari maydonga chiqishadi.
Final va 3-o‘rin bahslar 21 fevral, yakshanba kuni soat 16:00da "O‘zbekiston" sport majmuasida bo‘lib o‘tadi.
Eron - Vetnam 13:1
Gollar: Mahdi Javid 2, 20, 32, Farhad Tavakoli 8, 8, 20, 22, Hamid Ahmadi 13, Hussayin Tayyebi 16, 27, Alirizo Vafoi 26, Muhammad Keshavarz 37, 39- Pxung Trong Luan 17
Eron: 1.Sepexr Muhammadi, 5.Hamid Ahmadi, 7.Asgxar Hassanzoda, 8.Gxodrat Bahadori, 14.Mahdi Javid.
Vetnam: 2. Nguyyen Van Xei, 3. Le Kvok Nam, 9. Duong An Tung, 10. Nguyyen Bao Kuan, 11. Tran Van Vu.