08:21 / 19.02.2016
8934

Rossiya prezidenti ma'muriyatida bomba qo‘yilgani haqida xabar qilgan kimsa ushlandi

Moskvada Rossiya prezidenti ma'muriyatida bomba qo‘yilgani haqida xabar bergan kimsa topildi va qo‘lga olindi, deb xabar bermoqda huquq-tartibot muassasalaridagi manbaga iqtibos keltirgan holda "Interfaks" axborot agentligi.

Manba ma'lumotiga ko‘ra, qo‘lga olingan erkak oldidan uning ruhiy nosog‘lom ekanligini tasdiqlovchi hujjatlar topilgan.

Bu orada Rossiya Federal qo‘riqlash xizmati rasmiy vakili Sergey Devyatov bomba haqida anonim xabar olinganini tasdiqladi, biroq binoda o‘sha vaqtda bo‘lgan xodimlar evakuatsiya qilinmaganini aytdi.

Avvalroq Moskvadagi bir necha do‘konlar va "Ashan" gipermarketlaridan bomba xavfi sababli 10 mingdan ko‘proq odam evakuatsiya qilingani ma'lum qilingandi.

Shuningdek, prezident ma'muriyati va GUM binolaridan ham odamlar evakuatsiya qilingani haqida xabarlar berilgan.

Top