Jahon | 09:57 / 20.02.2016
4615
1 daqiqa o‘qiladi
Orenburg yaqinida 18 kishining hayotini saqlab qolgan o‘t o‘chiruvchi termos bilan taqdirlandi
Mednogorsk shahrida Rossiyaning Ural o‘lkasidagi Orenburg yaqinidagi trassada qor qurshovida qolgan 18 kishining hayotini saqlab qolgan 55 yoshlik Aleksandr Pimenov taqdirlandi. Taqdirlash marosimi shaharning madaniyat uyida bo‘lib o‘tdi.
Marosimda Pimenovga va uning bir qator hamkasblariga gullar, meriya nomidan minnatdorchilik xatlari va termoslar berildi. O‘zining kiyimini sovqotgan odamlarga bergan politsiyachi Danil Maksudov mukofot oldi.