22:16 / 22.02.2016
4188

Tojikistonda xalqaro aeroportlarga yangi rahbarlar tayinlandi

Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon Qo‘rg‘on-tepa va Xo‘jand xalqaro aeroportlari rahbarlarini o‘zgartirdi.

Emomali Rahmonning rasmiy saytida ma'lum qilinishicha, Maruf Maxmudzoda "Xo‘jand xalqaro aeroporti" ochiq aksiyadorlik jamiyati bosh direktori lavozimidan ozod etilib, Qo‘rg‘on-tepa xalqaro aeroporti bosh direktori etib tayinlandi.

Xo‘jand xalqaro aeroporti bosh direktori etib esa Qurbon Alimardon tayinlandi. Mixail Leonov Qo‘rg‘on-tepa xalqaro aeroporti bosh direktori lavozimidan ozod etildi.

Top