17:42 / 24.02.2016
2220

Diyego Simeone: «Biz yaxshi sport formasidamiz, lekin PSV ham juda kuchli raqib»

Madridning «Atletiko» jamoasi bosh murabbiyi Diyego Simeone YeChL nimchorak finalida Gollandiyaning PSV jamoasiga qarshi kechadigan uchrashuvdan oldin jurnalistlarning savollariga javob qaytardi.

«Ayni vaqtda jamoamiz vakillari yaxshi sport formasida. Biz ichki chempionatda ketma-ket g‘alabalar qayd etdik, garchi oxirgi uchrashuvda durang qayd etilgan bo‘lsada, oldindagi shiddatli bahslarga tayyormiz.

PSV juda kuchli raqib. Bu jamoa hujumkor uslubda o‘ynayda. Gollandlar istalgan paytda, standart vaziyatlardan, futbolchining individual harakatlari evaziga yoki kompinatsiya orqali gol ura oladigan jamoa shakllantirishgan... Bu uchrashuv boshlanishini sabrsizlik bilan kutmoqdaman.

Niderlandiyada bizga teng raqib sifatida «Ayaks»ni ko‘raman. Ammo bu boshqa turnir. Bizni o‘ta shiddatli bahs kutmoqda, ikki tomon futbolchilari ham bu o‘yinda ko‘p kuch sarflashadi. Bizning maqsadimiz - o‘yinda o‘z so‘zimizni aytish.

YeChLni yutish uchun La-Ligadagi kabi juda ko‘p o‘yinlarda g‘olib chiqish talab qilinmaydi. Lekin bu turnirdagi barcha raqiblar juda xavfli bo‘lishadi. Biz o‘yindan o‘yinga bu turnirda g‘olib bo‘lish uchun yaqinlashishimiz kerak.

Buning uchun birinchi navbatda Eyndxovendagi o‘yinni yutishimiz kerak», – deydi Simeone.

«Atletiko»ning PSVga qarshi uchrashuvi 25 fevralga o‘tar kechasi, Toshkent vaqti bilan soat 00:45da boshlanadi.

Top