O‘zbekiston | 16:40 / 24.02.2016
2761
1 daqiqa o‘qiladi
O‘zbekiston va Ozarbayjon FVVlari o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitim kuchga kirdi
2016 yilning 29 yanvar kuni 2015 yil 19 mayda Toshkent shahrida imzolangan O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Ozarbayjon Respublikasi Hukumati o‘rtasida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish sohasida hamkorlik to‘g‘risida Bitim kuchga kirdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar bergan.
Bitim shartlariga ko‘ra tomonlar tabiiy, texnogen va ekologik xususiyat kasb etuvchi favqulodda vaziyatlar oldini olish va bartaraf etish borasida o‘zaro yordam ko‘rsatish, monitoring qilish, tegishli davlat tuzilmalari faoliyatini muvofiqlashtirish, ma'lumot almashinish, mutaxassislar tayyorlash orqali hamkorlikni amalga oshiradi.