Diyego Simeone: «O‘yin qo‘pol kechdi, lekin bizda yaqqol golli vaziyatlar ham bo‘ldi»
«Atletiko» jamoasi bosh murabbiyi Diyego Simeone YeChLning nimchorak finali bosqichida Gollandiyaning PSV jamoasiga qarshi kechgan bahsdan keyin (0:0) o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
«Yigitlar maydonda haqiqiy kurash olib borishdi, o‘yin qo‘pol kechdi. PSV – juda qiyin raqib, futbolchilari tezkor. Ammo bizda yaqqol golli vaziyatlar yaratildi.
Ikkinchi taymda biz o‘yinni nazorat qildik, Obakka (madridliklar darvozaboni - tahririyat) ish topilmadi.
Biz bu o‘yinda gol ura olmadik, lekin keyingi bosqichga o‘tish uchun imkoniyatimiz hali ham yaxshiligicha qolmoqda. Meni shogirdlarim bor kuchini maydonga tashlashgani quvontirdi. Futbolchilar jon-dili bilan o‘ynar ekan, vaziyatlar ko‘payadi, o‘yin raqib tomonida kechadi, gollar ham keladi. Men sabr qila olaman», – deydi Simeone.