Suriya yarashuvning istalgan buzilishi uchun javob berish huquqiga egaligini aytdi
Suriya hukumat armiyasi BMT Xavfsizlik kengashining Suriya hududida o‘t ochishni to‘xtatish tartibini o‘rnatish haqidagi qarorining istalgan buzilishi uchun javob berish huquqini saqlab qoladi, deb aytdi Suriyaning BMTdagi doimiy vakili Bashar Jafariy. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar berdi.
"Bizning kuchlarning BMT Xavfsizlik kengashining o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha qarorining istalgan buzilishi vaziyatida javob berish huquqi borligini tasdiqlaymiz", deb aytdi Jafariy.
Jafariy, shuningdek, davlat chegaralarini nazorat qilish haqidagi ko‘rsatmalarga amal qilinishi va terrorchilik guruhlarining tashqaridan qo‘llab-quvvatlanishini to‘xtatish lozimligiga e'tibor qaratdi.
Avvalroq BMT Suriyada ig‘vogarlik holatlari bo‘lishi mumkinligiga tayyorligi ma'lum qilingandi.