Jahon | 12:33 / 27.02.2016
4293
1 daqiqa o‘qiladi
Suriyaning Hama viloyatida terakt amalga oshirildi
27 fevral kuni Suriya hukumati va muxolifat o‘rtasida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha tinchlik sulhi kuchga kirishi bilan xunrezliklar davom etdi. Sulhda qatnashmagan uchinchi tomon teraktlar va hujumlar amalga oshirishda davom etmoqda.
Mamlakat sharqidagi Hama viloyatining Salamiya shahrida avtomobilga o‘rnatilgan bomba harakatga keltirildi. Bu haqda SANA axborot agentligi xabar tarqatgan.
Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, bu portlash tufayli 2 kishi halok bo‘lgan.
Hozircha hech bir guruh bu portlash uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmagan.