Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sport | 14:40 / 28.02.2016
3241
1 daqiqa o‘qiladi
«Vest Hem» futbolchisi golni Simpson Gomerday nishonladi
Kecha Angliya chempionati doirasida «Vest Hem» o‘z maydonida «Sanderlend»ni qabul qildi. O‘yinda 1:0 hisobida «Vest Hem» g‘alaba qozondi. Yagona golga Maykl Antoinio mualliflik qildi. Uning golni nishonlashi esa barchani hayratga soldi.
U maydonga yotib o‘z atrofida aylana boshladi. Futbolchining bu harakati Simpsonlar multfilmidagi Gomerni eslatib yubordi.
«Shu kunlarda «Simpsonlar kinoda» multfilmini ko‘rayotgan edim, shu sabab Gomerning harakatlarini takrorlashni xohladim. Menimcha, bu o‘xshadi»,- deydi futbolchi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish