Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sport | 18:14 / 29.02.2016
2912
1 daqiqa o‘qiladi
«Milan» hujumchisi Nyang jiddiy avariyaga uchradi
«Milan» jamoasi hujumchisi M′Bayye Nyang o‘z avtomobilida yo‘l transport hodisasini qayd etgani ma'lum bo‘ldi.
Bu voqea dushanbaga o‘tar kechasi sodir bo‘lgan. Futbolchining yelkasi va tizzasi jarohat olgan.
Uning jarohati jiddiy emasligi, ammo futbolchi «Alessandriya» va «Sassuolo» jamoalariga qarshi bahslarni o‘tkazib yuborishi aniqligi aytilgan.
Nyang alkogol iste'mol qilgan-qilmagani bo‘yicha nazoratdan o‘tgan. Test natijalari u avariya arafasida mast holatda bo‘lmaganini ko‘rsatgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish