Sport | 21:09 / 01.03.2016
2775
1 daqiqa o‘qiladi
Konte «Chelsi»ga Pyanichni tavsiya qildi
«Roma» jamoasi yarimhimoyachisi Miralem Pyanich yozgi transferlar vaqtida «Chelsi» safida paydo bo‘lishi mumkin. Bu haqda The Times nashri xabar bergan.
Manbaning yozishicha londonliklar jamoasi rahbariyatiga ushbu bosniyalik 25 yoshli futbolchini tarkibga jalb etishni jamoaga mavsum yakunida bosh murabbiy bo‘lishi kutilayotgan Antonio Konte tavsiya qilgan.
Futbolchi hozirgi jamoasi «Roma» bilan 2018 yilgacha davom etishi nazarda tutilgan shartnomaga ega.
Joriy mavsumda futbolchi A seriyaning 24ta o‘yinida maydonga tushib, 9ta gol urgan va bitta golli uzatma muallifi bo‘lgan.
Abramovich «Chelsi»ning yangi murabbiyi kim bo‘lishini hal qildi
Roman Abramovich muzokaralar o‘tkazish uchun Konte bilan uchrashadi