O‘zbekiston | 16:49 / 01.03.2016
3142
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda «Bahor vernisaji» ko‘rgazmasi ochildi

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Kamoliddin Behzod nomidagi memorial bog‘-muzeyida Sog‘lom ona va bola yili va Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlab «Bahor vernisaji» deb nomlangan ko‘rgazma ochildi.

Mazkur ko‘rgazmadan rangtasvirchi ayol rassomlarning baxtiyor onalar, sog‘lom farzandlar, ertasiga ishonchi baland navqiron avlodning intilishlari ifodalangan ellikdan ortiq asari o‘rin olgan. Ijodiy ishlarning har biri o‘ziga xos uslubda, mahorat bilan chizilgan. Ranglar uyg‘unligi, mavzular rang-barangligi, nafis tuyg‘ular ifodasi ijodkorlarning ayol zotiga, farzandlar kamoliga mehrini namoyon etgan, deb yozadi uza.uz.

Ko‘rgazmaga G.Rahmonova, M.O‘lmasova, D.Mamedova, N.Temirgaliyeva, M.Melnikova, T.Li, M.Pak kabi mohir mo‘yqalam ustalarining asarlari qo‘yilgan.