Jahon | 18:29 / 02.03.2016
3449
1 daqiqa o‘qiladi
Indoneziya qirg‘oqlari yaqinida 8,1 balli zilzila sodir bo‘ldi
Indoneziyaning g‘arbiy qirg‘oqlari yaqinida 8,1 balli zilzila qayd etildi. Bu haqda Reyter xabar tarqatgan.
AQSh Geologiya xizmati xabariga ko‘ra, yerosti silkinishlari markazi Padang shahridan 808 kilometr janubi-g‘arbda, Hind okeani havzasida bo‘lgan. Uning o‘chog‘i esa 10 kilometr chuqurlikda ekani qayd etilgan.
Ayni vaqtda hodisa talofatlari haqida aniq ma'lumotlar mavjud emas.