19:39 / 02.03.2016
3012

London Nyu-Yorkdan dunyodagi yetakchi biznes-xab nomini tortib oldi

London dunyo megapolislari orasida yuqori malakali xizmatchilar uchun eng ko‘p ish o‘rinlarini tashkil etdi. Deloitte kompaniyasi hisobiga ko‘ra, avval bu ro‘yxatning avvalida Nyu-York turar edi.

2013 yildan buyon Londonda yuqori malakali xizmatchilar uchun yaratilgan ish o‘rinlari 235 mingga oshib, 1,71 millionga yetdi. Nyu-Yorkda esa bu ko‘rsatkich 1,16 million ish o‘rnini tashkil etdi.

Uchinchi o‘rin 0,63 million ish o‘rni bilan Parij egallagan. Ro‘yxatning keyingi qatorlarida Tokio, Gongkong, Singapur va Sidney turibdi.

Top