14:58 / 02.03.2016
2599

Qoraqalpog‘istonda o‘tgan yilda 360 tonna asal yetishtirildi

Qoraqalpog‘iston Respublikasida faoliyat ko‘rsatayotgan 660ta asalarichilik sub'yekti 2015 yilda 360 tonnadan ziyod tabiiy, shifobaxsh va arzon asal mahsuloti yetishtirgan. Sog‘lom ona va bola yilida bu ko‘rsatkichni 524 tonnaga yetkazish rejalashtirilgan. Joriy yilda hududda 1,5 milliard so‘mlik kredit mablag‘i evaziga 147 asalarichilik sub'yektida 2 ming 486 yangi asalari oilasi tashkil etish belgilangan.

Bu haqida Nukusda o‘tkazilgan asalarichilikni yuritish va mahsulotlarni sotishning samarali usullariga bag‘ishlangan o‘quv-seminarida ma'lumot berildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida BMTning Taraqqiyot dasturi asosida sohani rivojlantirishga ham alohida e'tibor qaratilmoqda. Malakali mutaxassislar ishtirokida seminarlar o‘tkazilib, Amudaryo, Qanliko‘l va Shumanay tumanlarida 58 dehqon va fermer xo‘jaligiga amaliy yordam ko‘rsatildi, ularga asalarichilik bilan shug‘ullanish uchun zarur sharoitlar yaratib berildi, deb yozadi O‘zA.

Top