14:56 / 03.03.2016
4163

Emirates eng uzun aviayo‘nalishni ishga tushirdi

Emirates aviakompaniyasi eng uzun tijoriy yangi yo‘nalishni ishga tushirdi.

Shuni alohida aytib o‘tish lozimki, Emirates eng uzoq parvoz bo‘yicha rekord o‘rnatishi mumkin edi, ammo samolyot mo‘ljallangan vaqtdan oldinroq qo‘ngan.

Dubaydan Yangi Zelandiyaning Oklendigacha bo‘ladigan parvoz rejaga muvofiq 17 soatu 15 daqiqa davom etishi kerak edi. Ammo A380 samolyoti 14200 kilometrli masofani 16 soatu 24 daqiqada bosib o‘tdi.

Ushbu yo‘nalishdagi keyingi reyslarni Boeing 777-200LR samolyoti amalga oshiradi.

Top