10:38 / 03.03.2016
2774

Lui van Gaal: «Matani gol urishidan oldin almashtirib yubormaganimdan juda xursand bo‘ldim»

Angliyaning «Manchester Yunayted» klubi bosh murabbiyi Lui van Gaal APL 28-tur doirasidagi «Uotford» ustidan qozonilgan g‘alaba (1:0) borasida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

«Mata gol urganidan xursandman. Bugun u maydonda jamoa sardori edi. Shunday ekan, o‘ylashimcha bu muvaffaqiyatimiz garovi bo‘ldi.

O‘yindan oldin Errera va Mata borasida o‘ylanib turgandim, lekin baribir ikkalasini ham bir vaqtda maydonga chiqardim. Keyin Errerani almashtirmoqchi edim, biroq e'tibor bersam Mata o‘yinida o‘zgarish ko‘zga tashlana boshladi. Uni jarohat oldi deb o‘ylagandim. Ammo hammasi boshqacha bo‘lib chiqdi. Men uni maydonda qoldirganimdan xursandman.

Jamoa uchun xursandman, chunki hozirgi yaxshi futbol ko‘rsatishning o‘zi qiyin. Bugungi o‘yinda asosiy e'tibor atletizmga qaratilgandi. Raqib futbolchilari biznikilardan deyarli ikki baravar baquvvatroq edi. «Uotford» ustidan qozonilgan g‘alaba – ajoyib natija, ayniqsa raqobatchilarning barchasi mag‘lubiyatga uchrab turganda.

Ketma-ket to‘rtta g‘alaba har doim optimistik ruh beradi, ammo zaxiramizda futbolchilar juda kam, taqvim esa o‘ta zich. Kurashish og‘ir kechadi», – deya van Gaalning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Sky Sports.

Top