17:19 / 03.03.2016
1757

OAV: amerikalik musiqachi Bob Dilanning shaxsiy arxivi 15–20 mln dollarga sotildi

Tarqatilgan ayrim ma'lumotlarga ko‘ra, amerikalik musiqachi Bob Dilanning shaxsiy arxivi 15-20 mln dollarga sotilgan. Reuters bergan ma'lumotga ko‘ra, qoralamalar, fotosuratlar, audioplyonkalar, videoyozuvlar va boshqa turdagi nodir buyumlar kolleksiyasini Jorj Kayzerning fondi hamda Talsa universiteti sotib olgan.

Endilikda arxivdan faqatgina olimlar foydalana olishlari mumkin bo‘ladi. Shuningdek, uni odamlar tomoshasi uchun ochiq ko‘rgazmalarda namoyish etish ham mo‘ljallangan. Dilanning aytishicha, uning kolleksiyasi va nihoyat o‘ziga munosib joy topgan.

Fond va universitet sarflangan mablag‘ni oshkor etishn istamadi. Ammo The New York Times gazetasi tarqatgan ma'lumotga ko‘ra, gap 15 mln dollardan 20 mln dollar atrofidagi mablag‘ ustida ketmoqda.

Top