19:02 / 03.03.2016
10044

Suriya butunlay elektr tokisiz qoldi

Noma'lum sababga ko‘ra, Suriyaning barcha viloyatlarida elektr toki o‘chib qolgan. Bu haqda Sana agentligi Suriya energetika vazirligiga asoslanib xabar tarqatgan.

Agentlik xabarida qayd etilishicha, birdaniga elektr uzilishi axborot uzatishlarda muammolarni yuzaga keltirgan.

Ayni vaqtda mutaxassislar bu hodisa sababini o‘rganish ustida ish olib borishmoqda.

Yaqin vaqt ichida muammo bartaraf etilishi aytilgan.

Top