Jahon | 20:03 / 04.03.2016
3155
1 daqiqa o‘qiladi

Daniya IShIDga qarshi kurash uchun 400 harbiy ajratishga tayyorligini bildirdi

Daniya Iroq va Suriyaga IShID terrorchilik guruhi bilan kurashda o‘z hissasini qo‘shadigan 400 harbiyni yuborishga tayyorligini bildirdi. 4 martda Daniya hukumati rahbari Lars Lekke Rasmussen devonxonasi tomonidan tarqatilgan rasmiy bayonotda gap F-16 va transport samolyotlari uchuvchilari, xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar va maxsus bo‘linmalar jangchilari haqida bormoqda.

Hukumatning taklifi ko‘pchilik parlament partiyalari tomonidan tashqi siyosat bo‘yicha parlament qo‘mitasining yig‘ilishida ma'qukllandi. Bunda bir qator muhim masalalar, jumladan Daniya kuchlari aynan qaysi davlatda qo‘llanishini hali hal qilish kerak bo‘ladi.