15:16 / 04.03.2016
5209

Navoiyda har bir asalari oilasidan 36 kg.dan asal olinmoqda

Viloyat markaziy o‘rmon xo‘jaligidan olingan ma'lumotlarga ko‘ra, 2015 yilda Navoiy viloyatida qariyb 831 tonna asal yetishtirildi.

Sohani rivojlantirishga joriy yilda tijorat banklari va tashabbuskorlar tomonidan qariyb 4 milliard 800 million so‘m mablag‘ yo‘naltirilishi rejalashtirilgan. Bu 214 yangi asalarichilik xo‘jaligi tashkil etish va 983 tonna asal yetishtirish imkonini beradi. Eng muhimi, 300 ga yaqin yangi ish o‘rni yaratiladi, deb yozadi O‘zA.

Qiziltepalik Ulug‘bek Murodovning ta'kidlashicha, uning xo‘jaligida “Karpat” zotli 280 asalari oilasi parvarishlanmoqda. O‘tgan yili har bir oiladan 36 kilogrammdan asal yetishtirilgan.

Joriy yilda sohaga ixtisoslashgan agrofirma tashkil etilib, mahsulot yetishtirishni yanada ko‘paytirish maqsadida xorijdan “Karpat” zotli arilar keltirish rejalashtirilgan.

Top