«O‘zbekneftegaz» Ustyurt GKMga gaz yetkazib berish loyihasi bo‘yicha 295 mln dollar investitsiya qiladi
«O‘zbekneftegaz» milliy xolding kompaniyasi 2016 yil oxiriga qadar Qoraqalpog‘istondagi Ustyurt gaz-kimyo majmuasiga yetkazib berish uchun gaz ishlab chiqarish hajmini oshiradi. Buning uchun taxminan 295 million dollar miqdorida investitsiya ajratadi.
Loyiha doirasida asosida Ustyurt GKM xomashyo bazasi sanalgan Sharqiy Berdaq hududida siquvchi kompressor stansiyasi barpo etiladi.
Loyihani amalga oshirish uchun uskunalarni jalb qilishda ukrain kompaniyasi ishtirok etadi. Loyihaning hayotga tatbiq etilishi natijasida hududda gaz ishlab chiqarish hajmi 15 foizga oshib, yillik ishlab chiqarish hajmi 2 milliard kubometrga yetadi.
Loyihani moliyalashtirish «O‘zbekneftegaz»ning o‘z mablag‘lari va O‘zbekiston taraqqiyot Fondi hisobidan amalga oshiriladi.