Light | 15:21 / 04.03.2016
3609
1 daqiqa o‘qiladi

Yozuvchilar uyushmasida bayram mushoirasi bo‘lib o‘tdi

4 mart kuni O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida 8 mart - Xalqaro Xotin qizlar kuni munosabati bilan mushoira kechasi tashkil etildi. Unda bir qator ijodkorlar, OAV xodimlari va talaba yoshlar ishtirok etdilar. Tadbir avvalida yaqin kunlarda o‘z yangi ijod namunalari, to‘plamlarini taqdim etgan ijodkorlar yig‘ilganlar tomonidan samimiy muborakbod etildi.

Tadbirda Oydin Hojiyeva, Sirojiddin Sayyid, Mahmud Toir, Farida Afruz, Erkin Samandar kabi ustoz ijodkorlar tomonidan Vatan, ayol, bahor, ona va yoshlikni tarannum etuvchi she'rlar madh etildi.

Ishtirokchilarga uyushmaning "Ijod fondi" tomonidan chop etilgan sara asarlar bayram munosabati bilan sovg‘a qilindi.

Xumora Po‘latova
O‘zMU talabasi