Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 21:45 / 05.03.2016
4828
1 daqiqa o‘qiladi
Saudiya Arabistoni Livan qurolini o‘ziga oladi
Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vaziri Odil al-Jubayr Saudiya Arabistoni Livan uchun sotib olgan qurol-aslahani o‘ziga qoldirishini ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.
Bunday qaror tegishli dasturning yopilgani sababli qabul qilingan.
"Biz Saudiya Arabistoni armiyasi ehtiyojlariga 3 mlrd dollar yo‘naltirishga qaror qildik", deb aytdi al-Jubayr.
Al-Jubayrning ta'kidlashicha, shu tariqa mamlakat Fransiya bilan shartnomasini bajaradi, biroq mijoz Saudiya Arabistoni bo‘ladi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish