Iqtisodiyot | 11:19 / 06.03.2016
3823
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh iqtisodiyotiga bir yil davom etuvchi pasayish bashorat qilinmoqda

AQSh iqtisodiyotini keyingi 12 oy ichida pasayish kutmoqda, deb hisoblamoqda amerikalik sarmoyachi va tadbirkor Jim Rojyers. Uning bu boradagi so‘zlarini Bloomberg agentligi keltirgan.

"AQShda oxirgi marta pasayish kuzatilgan vaqtdan beri 7-8 yil o‘tdi va a'nanaviy ravishda bu tarixan har 4-7 yilda u turli sabablarga ko‘ra qaytariladi", deb ta'kidlab o‘tdi tadbirkor. Uning fikricha, AQSh moliyaviy tizimi bir yilcha davom etadigan zaiflashishga uchrashi ehtimoli 100 foizni tashkil etadi.

Rojyers, shuningdek, dollarning "pufakka" aylanishi, ya'ni qadrsizlanishidan ogohlantirdi. Moliyachilarning ta'kidlashicha, sarmoyachilar pullarni dollarga sarmoya qilmoqdalar, chunki jahon bozorlari inqirozga uchramoqda. Shu sababli AQSh valyutasi qadrsizlanishi mumkin, deb xulosa qilmoqda multimillioner.

2015 yil yozida AQShda ishsizlik 42 yil avvalgi minimum qiymatni tashkil qilgani ma'lum qilingandi. AQShda ishsizlik nafaqasini so‘rab murojaat qilganlar soni iyul oyi o‘rtasida 281 mingdan 255 ming kishigacha qisqargandi.